Qarshida huquq-tartibot xodimlari o‘rtasida sambo musobaqasi: viloyat IIB jamoasi — g‘olib
2025-05-02 18:05:00 / Yangiliklar

Qarshi shahrida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga asosan, voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibi oʻrtasida sportning sambo turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Olti vazn toifasida boʻlib oʻtgan musobaqalarda polvonlar bor mahorat va tajribalarini ishga solib gʻoliblik uchun kurashdilar.
Musobaqada viloyat IIB xodimi, kichik serjant Azizbek Arabov 64, viloyat FVB harbiy xizmatchisi Botir Ziyodullayev 71, viloyat IIB xodimi, safdor Shoxruz Nashirov 79, viloyat FVB xodimi, oddiy askar Sherbek Abloqulov 88, viloyat IIB xodimi, kichik serjant Botirali Toshpulatov 98 va viloyat IIB xodimi, kichik serjant Qaxramon Raxmonov +98 kilogramm vaznda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida esa faxrli 1-oʻrinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni viloyat FVB va IIV QQga qarashli 7533-harbiy qism polvonlari band etishdi.
Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining diplomi, medal va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




