Navoiy viloyatida vazirlik ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muhokamalar oʻtkazilmoqda
2025-05-02 15:55:00 / Yangiliklar

Maʼlumki, Ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida, joriy yilning 1-7-aprel kunlari Vazirlik ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarining faoliyati yuzasidan kompleks-inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazilgan edi.
Tekshiruv yakunida aniqlangan kamchiliklarni oʻz oʻrnida bartaraf etish maqsadida viloyatda mavjud shahar-tuman IIBlarda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor B.Mirzaraхimov hamda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik A.Tasbayev ishtirokida tekshiruvlar yakuniga bagʻishlangan muhokama yigʻilishlari oʻtkazilmoqda.
Unda aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilab olindi hamda masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





