Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
2025-05-01 16:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qaroriga asosan Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Profilaktika kuni tadbiriga boshqarma xodimlari viloyatning Andijon shahar, Andijon, Asaka, Shahrixon, Oltinkoʻl va Qoʻrgʻontepa tumanlariga jalb etildi.
Boshqarma boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tadbir oʻtkazilishi oldidan xizmat oldi yoʻriqnomasini oʻtkazib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berdi.
Xususan, soʻngi vaqtlarda tigʻli buyumlardan foydalanib, jinoyatlar sodir etish holatlari koʻp uchrayotganligidan kelib chiqib, tadbirga jalb etilgan barcha shaxsiy tarkib koʻcha va jamoat joylarida “Tigʻ” maxsus profilaktik tadbiriga yanada jiddiyroq yondashish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirlar barcha shahar-tumanlarda tashkil etilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









