IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida joriy yilning aprel oyi yakuniga bagʻishlangan harbiy intizom, huquqbuzarlik va jinoyatchilik ahvoli yuzasidan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-05-01 17:00:00 / Yangiliklar

Videokonferens aloqa shaklda oʻtgan mazkur tadbirda, qoʻmondonlik va harbiy qism masʼullari, Respublika harbiy prokuratura boʻlim boshligʻi polkovnik Sh.Sanayev hamda Toshkent harbiy sudi sudyasining yordamchisi F. Moʻminovlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda mutaxassislar tomonidan harbiy xizmatchilarning harbiy intizomga amal qilishi, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, shuningdek, korrupsion jinoiy holatlar, uning mamlakatimiz rivojiga ulkan toʻsiqligi va ayanchli yakuni haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish soʻngida, yuqori rahbariyat tomonidan kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan mansabdor shaxslarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi



