Ishchi guruhning navbatdagi oʻrganish ishlari Yangi Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Norin va Uychi tumanlaridagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda davom etmoqda
2025-05-01 15:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar sabablarini tahlil qilish hamda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy oʻrganishlar doirasida Yangi Namangan tumanidagi “Maʼnaviyat” va “Beruniy”, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Isvaxon”, Norin tumanidagi “Doʻstlik” hamda Uychi tumanidagi “Bogʻ” va “Mevazor” mahallalarida jinoyatchilik holati, uning kelib chiqish sabablari tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Mahalla yettiligi va masʼul xodimlar ishtirokida har bir hududning kriminogen vaziyati atroflicha oʻrganilib, kelgusida bunday salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.
Boshqarma ishchi guruhi tomonidan birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, tuman hokimlari, soliq inspeksiyasi rahbarlari va boshqa masʼullar faoliyati koʻrib chiqildi. Jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha manzilli ishlarning yetarlicha tashkil etilmagani keskin tanqid qilinib, bu boradagi ishlar jadallashtirilishi, “Yoʻl xaritasi”da belgilangan topshiriqlar toʻliq ijro etilishi zarurligi taʼkidlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati










