Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori bilan IIV rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-05-01 17:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-may kuni Ichki ishlar vazirligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyev ishtirokidagi delegatsiya bilan Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ayubxon Rahmatullayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tomonlar terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilib, zaif guruhlarning radikallashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
Shuningdek, mehmonga Oʻzbekistonda buzgʻunchi mafkura taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni qayta ijtimoiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga oid istiqbolli vazifalarni rejalashtirdilar.



