Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida aholi muammolari yechimiga bagʻishlangan sayyor qabul oʻtkazildi
2025-04-30 09:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalarida xabar berganimizdek, bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi masʼullar tomonidan olis hududlar aholisi uchun yanada qulaylik yaratish, ularning sud-huquq hamda ichki ishlar organlari kundalik faoliyati bilan bogʻliq mavjud muammolariga yechim topish, murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgangan holda hal etish maqsadida, Gʻijduvon tumanining “Armechan“ mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Bunda 25 dan ortiq fuqarolarning turli xil masalalardagi murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Aholining ijtimoiy-maishiy, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatiga doir hamda surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari bilan bogʻliq murojaatlari yuzasidan aniq va manzilli choralar koʻrilib, asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.
Qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






