Nukus shahrida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Hamkor” tadbiri doirasida Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining maxsus yigʻini oʻtkazildi
2025-04-29 15:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 9-aprel kungi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 14-aprel kungi “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishlariga asosan, 2025-yilning 15-aprel kunidan 15-may kunigacha giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Hamkor” tadbiri oʻtkazilmoqda.
Oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlanib Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston boʻyicha boshqarmasi xodimlarining maxsus yigʻini oʻtkazildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan xodimlarga oylik doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar, unda har bir xodimning vazifalari toʻliq tushuntirildi.
Darhaqiqat, giyohvandlik va psixotrop moddalar inson hayoti va sogʻligʻi uchun oʻta xavfli sanaladi. Shuning uchun ham bunday moddalarning keng tarqalishining oldini olishda mana shunday hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning tutgan oʻrni muhim.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati




