IIV Akademiyasida isteʼfodagi ofitserlar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi
2025-04-29 15:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida xizmat qilgan faxriylar, ixtisoslashgan maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar hamda turdosh oliy taʼlim muassasalari kursantlari qatnashdi.
Soʻzga chiqqanlar koʻp yillik tajribalari misolida Vatanni sevish, yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilish, daxldorlik hissi bilan yashash, kasbni ardoqlash fazilatlari haqida toʻxtalib, yoshlarni puxta bilim olishga, har qanday sharoitda ham qiyinchilikdan qochmaslikka, doimo masʼuliyatli va fidoyi boʻlishga undadilar.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv faxriylarning yoshlik onlaridan hikoya qiluvchi xotiralari, xizmatda erishgan yutuqlari, mamlakatimizda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar va yosh avlod vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida bildirgan mulohazalari bilan davom etdi.
Tadbir soʻnggida iqtidorli yoshlar qoʻshiq va sheʼrlari bilan ona Vatanimizni madh qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati









