Samarqand viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2025-04-29 14:20:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumanidagi kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlarni oʻrgandi.
Tumanning Amir Temur mahallasida hudud tinchligi va osoyishtaligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu boʻyicha qilinayotgan ishlarga eʼtibor qaratdi.
Keyingi manzil tumanning Qatorterak mahallasi boʻldi. Ushbu hududda Boshqarma boshligʻi mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.
Mahallada yangidan qurilayotgan huquq-tartibot maskanidagi jarayonlar bilan ham tanishib, oʻzining taklif va koʻrsatmalarini berib oʻtdi .
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati







