Ichki ishlar vazirligining Humo Voleybol Jamoasi Oʻzbekiston Chempionatida yuqori natijalarga erishmoqda
2025-04-28 11:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligining “Humo“ voleybol jamoasi Fargʻona viloyatida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Chempionatining 2-tur bahslari doirasida oʻzining munosib oʻyini bilan Buxoro viloyatining “BUXDU”, Namangan viloyatining “Parvoz”, Jizzax viloyatining “JDPU” jamoalariga qarshi maydonga tushib 3:1, 3:0, 3:1 hisobida raqiblari ustidan ishonchli gʻalaba qozonib yana bir bor muxlislarni quvontirishga muvaffaq boʻldi.
Ushbu oʻtkazilgan bahslarda “Humo“ jamoasi 9 ochko jamgʻarib, chempionat jadvalidagi oʻz oʻrnini yanada mustahkamladi.
“Humo“ jamoasi oʻzining har bir oʻyini orqali nafaqat jamoa sharafini balki ichki ishlar organlari va mamlakatimiz sportining yuksalishiga ham munosib hissa qoʻshmoqda.
Bizni oldinda yanada qizgʻin bahslar kutmoqda. Mazkur musobaqa joriy yilning 30-aprel kuniga qadar davom etadi.
Biz “Humo“ jamoasiga keyingi turlarda ham yangi zafarlar tilab qolamiz!




