Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari boʻyicha qabul oʻtkazdi
2025-04-28 09:40:00 / Yangiliklar

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bogʻliq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan.
Qabulda tizimning tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari koʻrildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Oʻrganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berildi.
Muloqot davomida koʻtarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan boʻlsa, oʻrganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha masʼullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





