IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Otam, onam va men sportchilar oilasi” shiori ostida sport musobaqasi boʻlib oʻtdi
2025-04-27 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va sportni ommaviylashtirish” chora tadbirlari toʻgʻrisidagi 6099-son farmoni hamda Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-oktyabrdagi 297-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan mazkur musobaqada, qoʻshin miqyosidagi harbiy qism va boʻlinmalardan jami 40 nafar harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bahslarga kirishdi.
Ishtirokchilar – yugurish,estafeta, arqon tortish,toʻpni futbol darvozasiga kiritish hamda arqonchada sakrash kabi jami 5ta shart boʻyicha bellashib, oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari orasida sportni ommaviylashtirish hamda ularning salomatligini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan musobaqada, ishtirokchilar qiziqarli va quvnoq bahslarni taqdim etishdi.
Umumiy natijalarga koʻra gʻoliblikni 7532 harbiy qismdan III- darajali serjant Dariyevlar oilasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarni 7536 harbiy qismdan III-darajali serjant Ostonovlar va 7553 harbiy qismdan kichik serjant Ravshanovlar oilalari egallashdi, gʻoliblarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi, shuningdek, munosib ishtirokchi oilalar ham ragʻbatlantirildi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi







