Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilandi
2025-04-26 19:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 26-aprel kuni Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan Respublika hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirlarini jadallashtirish shuningdek, metropoliten hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, Xizmat samaradorligini oshirish hamda metropoliten ishchilari va yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida shubhali shaxslar va buyumlar ustidan nazoratni oshirish, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash, mojaroli holatlarni oldini olish, videokuzatuv, metall detektorlar va boshqa xavfsizlik vositalarini toʻgʻri hamda unumli foydalanish, yoʻlovchilar ishonchini oshirish, Favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Xodimlar malakasini oshirish boʻyicha doimiy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish borasida masʼul xodimlariga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosidagi yangidan barpo etilgan saf maydoni, maʼmuriy binoga kirish postlari va xodimlarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, Metropoliten Davlat unitar korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi




