Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi
2025-04-26 12:05:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev, Ichki ishlar vaziri B.Torebekovlar tomonidan Xoʻjayli tumanida Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori va ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish borasidagi shu yilgi idoralararo Qoʻshma qarorda belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Yigʻilishda qaror ijrosiga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari hamda Xoʻjayli tumanidagi shtab va ishchi guruh aʼzolari, mahalla yettiliklarining Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xarita”lar ijrosi, Qoʻshma qaror bilan har bir vazirlik va idoralarda va ularning quyi tarmoqlari tashkil etilgan tahlil guruhi, targʻibot va oʻrganishlarni amalga oshiruvchi guruhlarni faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi boʻyicha respublika va tuman masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shundan soʻng, kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, “Qizil” toifaga kirgan “Madaniyat” mahallasida boʻlib, mahalla yettiligining sohaga oid hamkorlikdagi faoliyati, hududda sodir etilgan jinoyatlarni sabablarini oʻrganish boʻyicha qilingan ishlar oʻrganildi, tuman Ichki ishlar boʻlimi Navbatchi qism “E-material” elektron tizimiga kunlik ariza, xabar va hodisalarni roʻyxatga olinishi bilan tanishildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati




