IIV Jamoat xavfsizligi departamentida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-04-26 11:45:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati raisligida jamoat xavfsizligi boʻlinmalarining 2025-yil 1-chorak davomida jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti sohaviy xizmatlar rahbarlarining oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama etilib, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Yigʻilish yakunida kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



