Fargʻona viloyati hokimi boshchiligida Rishton tumanida navbatdagi ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi
2025-04-25 15:40:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida tashkil qilingan qabulida viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshligʻi Azizbek Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Maqsudxon Mamatxonov ham ishtirok etdi.
Xalqaro kulolchilik markazida oʻtkazilgan qabul jarayonda 200 nafarga yaqin yurtdoshimizning murojaatlari tinglandi. Har bir rahbar tomonidan muammolarni hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyat IIB boshligʻiga kelib tushgan murojaatlar ham sinchkovlik bilan oʻrganilib, joyida bartaraf qilindi. Muddat talab qiladigan masalalar boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati




