Namangan davlat universitetida sportning voleybol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasiga start berildi
2025-04-24 16:00:00 / Yangiliklar

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaxshilash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Namangan davlat universitetida sportning voleybol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Musobaqani Namangan viloyati IIB boshligʻi va universitet rektori ochib berib, sportning jamiyat hayotidagi oʻrni, sogʻlom avlodni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati hamda talabalarning har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning tutgan oʻrni alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, universitet sportchilari tomonidan soʻnggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida ham munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritayotgani alohida eʼtirof etildi hamda musobaqaning birinchi oʻyiniga start berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






