Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida olib borilayotgan oʻrganish ishlari davom etmoqda
2025-04-24 09:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi masʼullar viloyatning tuman (shahar)larida boʻlib, hududiy Qoʻriqlash boʻlim hamda boʻlinmalarida oʻrganish ishlarini olib bormoqdalar.
Navbatdagi oʻrganishlar Buxoro, Peshku, Romitan Gʻijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari Qoʻriqlash boʻlimlarida oʻtkazildi.
Bunda, ushbu xizmat maʼmuriy binolarida xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati, binolarni kapital va joriy taʼmirlash bilan bogʻliq amalga oshirilishi lozim boʻlgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha ushbu tumanlarda aynan Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan hududlardagi korxona va tashkilotlar, davlat va nodavlat muassasalar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, shuningdek, aholi xonadonlarini qoʻriqlovga olish yoki texnik qoʻriqlash pultiga topshirish, tashvish tugmalari bilan jihozlash borasidagi yoʻl xaritasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi, oʻtkazilgan targʻibot va tashviqot tadbirlari hamda ularning natijalari ham birma-bir nazoratdan oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan bir qator tizimli kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ijrochilik, xizmat intizomi hamda qonunchilikka toʻla rioya qilish, kundalik reja asosida xizmatni toʻgʻri va samarali tashkil etish orqali natijadorlikka erishish borasida zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi oʻrganishlar Buxoro viloyatining qolgan tuman (shahar) lari boʻylab davom etadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









