Ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Kitoblar yarmarkasi” oʻtkazildi
2025-04-23 16:45:00 / Yangiliklar

“OʻZBEKISTON-2023” strategiyasini amalga oshirish doirasida hamda Ichki ishlar organlarida “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi” bandlarini ijrosini taʼminlash hamda xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Vazirlik markaziy apparati hududida joriy yil 23-aprel kuni “Kitoblar yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.
Unda “ZA CAPITAL” MCHJ vakillari bilan hamkorlikda badiiy, huquqiy va ommabop adabiyotlardan iborat boʻlgan kitoblar yarmarkasi boʻlib oʻtgan. Yarmarkada xodimlar oʻzlariga kerakli adabiyotlarni xarid qilishdi va yarmarka ishtirokchilariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Oʻzbekistonda kitoblarni nashr etish va tarqatish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi quvonarlidir. Tashkil etilgan kitob yarmarka matbaa sanoatini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishni jadallashtirish, adabiy merosni targʻib qilishga xizmat qiladi.







