Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga “Ot sporti va Kamondan oʻq uzish” sport turi boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi
2024-01-08 23:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini va vatan 14-yanvar himoyachilari kuni munosabati bilan, Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 6-yanvar kuni Termiz tumani, “Otchopar” massivi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati “Chavandozlar maktabi”da huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar uchun “Ot sporti” va “Kamondan oʻq uzish” sport turlari boʻyicha “Mahorat dars”lari tashkil etildi.
Tadbir avvalida, viloyat Milliy gvardiyasi “Chavandozlar maktabi” direktori mayor Doston Murodullayev soʻzga chiqib, ushbu maktab tashkil etilishi, faoliyati va ot minishda xavfsizlik qoidalari haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Ot sport turi boʻyicha oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni olganlaridan soʻng shu yerning oʻzida kamondan oʻq uzish sport turi boʻyicha merganlik mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Tadbir soʻngida, oʻzlarining faolligi bilan ajralib turgan yosh xodimlarga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashakkurnomalari hamda kitoblar toʻplami topshirildi.
Albatta bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsad, yosh xodimlarda vatanparvarlik hissini yanada oshirish hamda ularning boʻsh vaqtlarini samarali-mazmunli oʻtkazishdan iboratdir.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




