Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-04-21 09:00:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyat IIB rahbariyati tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Qabulda fuqarolar ichki ishlar organlariga ishga kirish, pul oldi-berdisi, kiberjinoyatlardan jabrlanganlik, xizmatga qayt tiklash va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, yechimi muddat talab etadigan bogʻliq qator murojaatlar ijrochilarga biriktirilib, atroflicha oʻrganilib chiqilishi yuzasidan murojaat mualliflariga tushuntirishlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









