Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Buxoro shahridagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida oʻrganish ishlari olib borildi
2025-04-16 12:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining 2025-yil 31-mart kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli koʻmaklashish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan edi.
Mazkur ishchi guruh vakillari hududlarda belgilangan chora-tadbirlarni sifatli tashkil etilishini hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va Kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshliqlari masʼul etib belgilanganligi bois ularga amaliy yordam koʻrsatish nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatiga biriktirilgan vazirlik ishchi guruhi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari boshchiligida bugungi kunda Buxoro shahridagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquvchilarning bilim olishlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish hamda ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida keng koʻlamli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Mazkur ishlarning surʼati bilan tanishish maqsadida taʼlim muassasasida boʻlgan boshqarma boshligʻi maktabning maʼmuriy binosi, oʻquv xonalari, infratuzilmasini birma-bir koʻzdan kechirdi.
Dars jarayonlari oʻrganilib, maktab masʼullari hamda oʻquvchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi, yaqindan va samimiy oʻtgan suhbat chogʻida oʻquvchilarning kelgusidagi rejalari tinglandi.
Koʻzdan kechirish jarayonida farmoyish talablari asosida bajarilishi lozim boʻlgan koʻlamli ishlar, aniqlangan kamchilliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga zaruriy koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






