IIV Malaka oshirish institutida navbatdagi oʻquv kursi yakunlandi
2024-01-01 11:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha xodimlar “mayor” maxsus unvonini olish yoʻnalishida oʻquv tayyorgarlikdan oʻtkazildi.
Uzluksiz oʻquv-karyera tizimida oʻquv jarayonlari davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirildi.
Oʻquv kursi yakunida komissiya tarkibida oʻtkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Oʻquv jarayoni bilan birga mashgʻulotlardan keyin “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga, “Shon-sharaf” muzeyiga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki ishlar organlari tarixi muzeylariga tashrif buyurdilar hamda eksponatlar tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

