Navoiy viloyatida IIV masʼul xodimlari ishtirokida oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan oʻrganishlar amalga oshirildi
2025-04-06 09:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining 2025-yil 31-mart kunidagi 126-son farmoyishi ijrosini taʼminlash va oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Navoiy viloyatida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Qiziltepa tumanidagi 41-sonli umumtaʼlim maktabida IIV Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik U.K.Nurullayev boshchiligida oʻrganishlar olib borildi.
Oʻrganishlar davomida ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, oʻquvchi-yoshlarning sifatli taʼlim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hamda taʼlim dargohining infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida aniq tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, maktabda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan oʻquvchilarni aniqlash, sabablarini oʻrganish, taʼlim olishlariga toʻsqinlik qilayotgan omillarni mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati







