Ichki ishlar vazirligi hamda Buxoro viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro shahridagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida oʻrganish ishlari olib borildi
2025-04-03 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining 2025-yil 31-mart kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli koʻmaklashish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan edi.
Mazkur ishchi guruh vakillari hududlarda belgilangan chora-tadbirlarni sifatli tashkil etilishini hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va Kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshliqlari masʼul etib belgilanganligi bois ularga amaliy yordam koʻrsatish nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatiga biriktirilgan vazirlik ishchi guruhi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari Buxoro shahridagi 32 sonli umumtaʼlim maktabida oʻrganish ishlarni olib borishdi.
Jarayonida taʼlim maskanida maʼmuriy bino, oʻquv xonalari, infratuzilmasi birma-bir koʻzdan kechirildi.
Dars jarayonlari oʻrganilib, maktab masʼullari hamda oʻquvchilar bilan yaqindan suhbat qurilib, ularning kelgusidagi rejalari tinglandi.
Aniqlangan kamchilliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga zaruriy koʻrsatma topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









