Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida Toʻrtkoʻl tumanida 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi muhokama qilindi
2025-04-02 12:25:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda tuman hokimi, tuman sektori va tegishli muassasa tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi”ning samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini taʼminlash va hozirgi vaqtda qay darajada olib borilayotganligiga eʼtibor qaratildi.
Bu borada mahalla yettiligi vakillari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqid qilinib, kelgusida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati




