IIV Akademik litseylari oʻquvchilari huquqshunoslik fani boʻyicha olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etdilar
2025-03-31 10:00:00 / Yangiliklar

Iqtidorlik yoshlarni saralash, ularning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, tizim uchun munosib kadrlar tayyorlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan olimpiadada 14 nafar oʻquvchi qatnashdi.
Olimpiada yakunida Andijon akademik litseyi oʻquvchisi Asliddin Gʻaniyev birinchi oʻrinni, Surxondaryo akademik litseyi oʻquvchisi Mubina Rajabova ikkinchi oʻrinni, Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchisi Farhod Hamzayev uchinchi oʻrinni egalladi.
Sovrindorlarga diplom, kitoblar toʻplami va qimmatbaho sovgʻalar topshirilgan boʻlsa, qolgan ishtirokchilar Ichki ishlar vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Shu kuni oʻquvchilar akademiyada yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan ham tanishdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati



