Asosiy kontentga o'tish

Ijtimoiy himoya. Vatan ichra Vatan

2025-03-30 08:20:00 / Yangiliklar

Yaqinda poytaxtimizning Yangihayot tumanida IIV Qorovul qoʻshinlarining 73 nafar harbiy xizmatchilari uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida qurib bitkazilgan yangi koʻp qavatli uylarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirga kelgan mehmonlar ham yangi uylardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, xonadon sohiblari bilan dildan suhbat qurishdi.

- Tizimdagi 23 yillik xizmat faoliyatim va uy-joyga boʻlgan ehtiyojimga boʻlgan eʼtibor tufayli barcha imkoniyatlarga ega 2-xonali xonadon sohibiga aylandim, — deydi 7534-harbiy qism IIV Markaziy bazani qoʻriqlash batalyoni komandiri oʻrinbosari, podpolkovnik Muzaffar Hayitov. — Koʻp yillar ijarada yashab yurdik. Hukumatimiz va vazirlik rahbariyatidan behad minnatdorman. Endi oilam bilan oʻz uyimda bamaylixotir, hadiksiz yashayman. Farzandlarimning quvonchi cheksiz.

Vadim TOʻXTAYEV, oddiy askar.

73

Oxirgi yangilanish: 2025-03-30 08:21:25

Ijtimoiy himoya. Vatan ichra Vatan