Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-03-26 18:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 26-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat mamlakatimizdagi kriminologiya va pedagogika sohalarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy integratsiyani taʼminlash va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanishni nazarda tutadi.
Memorandumning asosiy maqsadi, memorandum doirasida tomonlar oʻzbek milliy kriminologiyasi va pedagogika sohalarida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazishni, shunga mos ravishda tadqiqot natijalari boʻyicha ilmiy va metodik nashrlarni almashishdan iborat.
Memorandum doirasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot instituti oʻrtasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirilishiga kelishib olindi, xususan:
1) ilmiy tadbirlarni tashkil etish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish:
2) kriminologik va pedagogik tadqiqotlar natijalari boʻyicha nashrlarni almashish;
3) xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlarini birgalikda olish va amalga oshirish;
4) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining milliy va xalqaro jurnallarida maqolalar nashr etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
5) xodimlarni oʻzaro ilmiy stajirovkaga yuborish va boshqalar.
Ushbu muhim qadam, tomonlarning ilmiy izlanishlarni va tadqiqotlarni zamon talablariga muvofiq rivojlantirishiga, Oʻzbekistonning ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qoʻshayotgani shubhasiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti