Asosiy kontentga o'tish

Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan bojxona xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi

2025-03-26 08:15:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Bojxona organlari xodimlari uchun viloyat IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Tadbirda bojxona xodimlarining huquqbuzarlik holatlarini sifatli rasmiylashtirish, ashyolarni protsessual tartibda qayd qilish, ekspertiza uchun namunalar olish va topshirish kabi amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Jarayonda amaliyotdagi holatlar koʻrib chiqilib, ishtirokchilar mutaxassislardan oʻz savollariga javob oldilar. Bu kabi seminarlar bojxona organlarida xizmat sifatini oshirishga zamin yaratadi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

347

Oxirgi yangilanish: 2025-03-27 00:05:37

Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan bojxona xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi