Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Ohangaron va Angren temir yoʻl bekatida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi xodimlarining xizmat faoliyati koʻzdan kechirildi
2025-03-20 11:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining Ohangaron hamda Angren temir yoʻl bekatidagi boʻlinmasida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda Mahalla fuqarolari yigʻini masʼul xodimlari va temir yoʻl ishchilari bilan suhbatlashib xizmat faoliyati koʻzdan kechirdilar.
Xususan Ohangaron va Angren temir yoʻl bekati xizmat hududiga qarashli boʻlgan temir yoʻl kesishmalari, patrullik yoʻnalishlari hamda postlari, temir yoʻl korxonalari, shuningdek, temir yoʻl tormoz bashmaklari va ularning saqlanishi atroflicha koʻzdan kechirilib, temir yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida masʼul xodimlarga bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek “Ohangaron” hamda Angren temir yoʻl bekatlari xavfsizligi va aholining xotirjamligini taʼminlash maqsadida yuqori sifatli zamonaviy kuzatuv kameralari, temir yoʻl qoidalarini targʻib qiluvchi bannerlar va temir yoʻl stansiyasi ishchi xodimlarining beyjiklari koʻzdan kechirilib bu kabi chora tadbirlarni jadallashtirishini taʼkidlab oʻtdilar.
Tadbir soʻngida 2025-yil uchun moʻljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni sustkashlikka yoʻl qoʻymasdan bajarilishini, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish,fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishligini va ulardan tushgan shikoyat, arizalarga tezkorlik bilan javob berishlarini, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi