Fargʻona viloyati IIB tomonidan Fargʻona shahridagi ogʻir toifadagi mahallalar oʻrganildi
2025-03-09 13:05:00 / Yangiliklar

Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishning samarali usuli — manzilli chora tadbir koʻrish, profilaktik ishlarni toʻgʻri tashkillashdir. Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-son qarorida ham yuqoridagi omillar inobatga olinib, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va ilmiy yondashuv asosida ish olib borish belgilab berilgan.
Viloyat IIB rahbariyati hamda shahar mutasaddilaridan iborat guruh hududdagi ogʻir toifaga kirgan Maʼrifat, Oybek, Bahor kabi mahallalarda boʻldi.
Har bir mahallada yettilik bilan suhbatlashilib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Hududni jinoyatdan holi maskanga aylantirish boʻyicha qilingan ishlar, huquq-tartibot maskanlari qurilishi koʻzdan kechirildi. Masʼullarning maqsad va takliflari eshitildi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish, bozorlar va aholi gavjum joylarni qoʻriqlovga olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati


