Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari uchun psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi
2025-03-09 12:55:00 / Yangiliklar

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Psixologik taʼminlash boʻlimi hamda boshqarma mutaxassis psixologlar ishtirokida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilingan xodimlar bilan psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Bunda, malakali oʻqituvchi va psixolog mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarkibning xizmat jarayonida yuqori zoʻriqishlar, stressli vaziyatlar va oʻz hayotini xavf ostida qoldirish bilan bogʻliq holatlarda oʻzini tutish va muomala madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan nizoli holatlarda qanday yoʻl tutish kerakligi, stressli vaziyatlardan chiqish yoʻllari boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Bu kabi olib borilayotgan psixologik ishlar kelgusida xodimlarning stressli vaziyatlarga tushmasligi hamda xodim va fuqaro oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoli vaziyatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati