Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2023-12-02 09:00:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻi 13.09.2023-yildagi Vazirlar Mahkamasining 468-son qarori ijrosi yuzasidan yoshlar va voyaga yetmaganlar ishtirokida jinoyat hamda huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida masʼullar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, bu borada yetarlicha ish tashkil etilmaganligini keskin tanqid qildi va masʼul rahbarlarga intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.
Yigʻilish yakunida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida ular bilan individual ishlash, bandligini taʼminlash uchun kasb-hunar va oʻqishga jalb etish, alohida toifadagi yoshlarga biriktirilgan xodimlarning masʼuliyatini yanada oshirish boʻyicha aniq topshiriqlar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




