Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirligi kiberjinoyatchillikka qarshi kurashuvchi tuzilmalar rahbarlarining birinchi yigʻilishi yakunlandi
2023-11-24 22:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-23-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning Ichki ishlar vazirliklari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalari rahbarlarining birinchi xalqaro uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida transchegaraviy kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikda chora-tadbirlarni belgilash, bu turdagi jinoyatchilik sodir etish usuli va turlari barcha mamlakatlarda deyarli bir xil koʻrinishda namoyon boʻlayotganligi, hamkorlikda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish lozimligi ishtirokchilar tomonidan taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, yigʻilish davomida tomonlar oʻzlarining chiqishlari bilan qatnashib, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar, berilgan takliflar yigʻilish bayonida qayd etildi.
Kelgusida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish, maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari kelishib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi boshligʻi, podpolkovnik B.N.Mamadjanov, ikki nafar xodimlari, shuningdek, MDH davlatlari hududida Uyushgan jinoyatlarga va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirish Byurosi direktorining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili polkovnik B.T.Xanazarov ishtirok etdilar.
IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi




