Qashqadaryo viloyati hokimligida Prezidentning 2025-yildagi PQ-1-son Qarori ijrosini hududlarda tizimli va oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga oid tahliliy-tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-21 11:10:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda:
- kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish;
- mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;
- aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;
- mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha har bir masʼul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qatʼiy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga taʼsir choralarini koʻrib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







