Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimovning Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son JIEKga tashrifi davomida mahkumlarni kasb-hunar oʻrganishlari va taʼlim olish jarayonlari bilan tanishdi
2025-02-19 12:05:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davomida, beshinchi mintaqaviy hudud 4-sonli JIEKda mahkumlarni kasb-hunar oʻrganishlari va taʼlim olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Xususan JIEKdagi tashkil etilgan psixolog markazi, kutubxona, IT-school, mahkumlar oshxonasi va manaviyat va maʼrifat markazida olib borilayotgan oʻquv jarayonlari, mahkumlar uchun moʻljallangan umumiy ovqatlanish oshxonasidagi sharoitlar, meʼyorlar talablar asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganligi, mahsulotlarni saqlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi, oshxona jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanib, zaruriy sharoitlar yaratilganligi koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, tashrif davomida, JIEKni qoʻriqlash va mudofaa qilish boʻyicha jangovar xizmat vazifasini bajarayotgan qorovul shaxsiy tarkibi uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganib, Qorovul shaxsiy tarkibiga jangovar xizmat vazifalarini hushyorlik va sergaklik bilan olib borishlari, hamkorlikni mustahkamlagan holda xizmatlarni tashkillashtirish yuzasidan yoʻriqnomalar berib oʻtdi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davomi etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati