IIV Malaka oshirish institutida xizmat intizomi va korrupsiyaga qarshi yoʻriqnoma oʻtkazildi
2025-02-15 11:05:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining xizmat boʻyicha oʻrinbosarlari va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilari bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bagʻishlangan navbatdagi yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Unda, tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxoʻrlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʻlish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng, “Nafsning soʻnggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati



