IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organi xodimlarining qasamyod tadbiri oʻtkazildi
2025-02-10 08:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tinglovchilarning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tantanada soʻzga chiqqan Institut boshligʻi, polkovnik Olimjon Axmedov tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari munosabati bilan tabriklab, ushbu tantanali tadbir faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotish bilan bir qatorda, ulkan masʼuliyat va tanlagan kasbiga sodiqlikni ham talab etishini alohida taʼkidladi.
Zero, el osoyishtaligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish – bu albatta beqiyos insoniy fazilat va eng sharafli xizmatdir.
IIV Malaka oshirish instituti






