Buxoro viloyatida Davlat rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli Qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat hokimi, huquq-tartibot organlari rahbarlari, deputatlar va tashkilot vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi
2025-02-08 09:00:00 / Yangiliklar

Seminarda dastlab Qarorga asosan viloyat hududida jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga barham berish maqsadida amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Jumladan, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar, quyosh panellarini oʻrnatishning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hisoboti tinglandi.
Shundan soʻng, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, markaziy koʻchalardagi chorrahalarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni va sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, oʻrnatilgan svetoforlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan yangi loyihalar ham muhokama qilindi.
Seminar davomida “Raqamlashgan, obod va xavfsiz mahalla“ tamoyili asosida viloyat hududidagi barcha aholi xonadonlari, koʻcha va jamoat joylarida, maishiy va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona va tashkilotlarda oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy videokuzatuv moslamalarining koʻrgazmasi ham oʻtkazildi.
Yakunda davlatimiz rahbarining ushbu Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun taqdimoti qilingan loyihalar yuzasidan oylik, chokarlik, yarim yillik hamda yil davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan yoʻl xaritalarining ijrosini bekamu koʻst bajarish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









