Qashqadaryo viloyat Yoshlar markazida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2025-02-06 09:00:00 / Yangiliklar
![Qashqadaryo viloyat Yoshlar markazida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F251b8d03-e2eb-5b15-35f9-d9bdfd6a2370_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Unda ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimalari ishtirok etdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi tavsiya etilgan kitoblar doirasida kitobxonlik va kitob mutolaasi borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan tanlov uch bosqichdan iborat shartlar asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Tanlovning birinchi shartida qatnashchilar bilet tortish orqali ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi tavsiya etilgan badiiy asardan birining mazmun-mohiyatini aytib berishdi.
Ikkinchi shartda tezkor savol-javob da ikkita savolga belgilangan vaqt asosida tezkor javoblarini berishi sinovdan oʻtkazildi. Soʻnggi bosqich “men sevgan buyuk va mutafakkir adib” yoʻnalishida esa har bir qatnashchi tanlagan adibning hayoti va ijodini toʻliq bayon etib berdi.
Tanlov qatnashchilarning bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha savollar ham berib borildi.
Tanlovda toʻplagan umumiy ballari natijasiga koʻra, Kasbi tumani ichki ishlar boʻlimi JXX HPB XQMB katta isnpektori, kapitan Mashhura Mirzayeva gʻolib boʻldi.
Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB VE va YOBIG katta inspektori, leytenant Mohinur Xudoynazarova va Koson tumani ichki ishlar boʻlimi JXX HPB VE va YOBIG katta inspektori, leytenant Iroda Toshmurodova qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Endi musobaqa gʻolibi koʻrik tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati