IIV Malaka oshirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-02-06 08:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi, polkovnik Olimjon Axmedov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda zoʻravon ekstremizmning oldini olish” loyihasi rahbari Shtefan Buxmayer bilan Institutda uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda O.T.Axmedov delegatsiyaning Institutga tashrifi bilan qutlab, taʼlim muassasaning faoliyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan oʻzaro munosabatlar rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganligini bildirdi.
Muloqot davomida tomonlar joriy yilda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda zoʻravon ekstremizmning oldini olish” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda tashkil etiladigan treninglarda Vazirlik Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilarining ishtirokini taʼminlash, Yevropa davlatlarining turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha batafsil suhbat olib borildi.
Muloqot soʻnggida Shtefan Buxmayer Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) faoliyati bilan tanishtirib, rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
IIV Malaka oshirish instituti






