Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida ijtimoiy rivojlanish va obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
2025-02-05 12:50:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ikromjon Tursunov boshchiligida Gʻijduvon tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi muammolarini hal etish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod va xavfsiz xonadon” tamoyili asosida tozalash-obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash hamda infratuzilmani yaxshilash borasida oʻrganishlar olib borildi.
Shuningdek, aholini tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kasbga oʻqitish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi. Tumanda infratuzilma, jumladan elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, xalqaro va mahalliy yoʻllarda obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalar va tartibsiz reklama bannerlarini bartaraf etish, “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish kabi tashabbuslar nazoratga olindi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligida bu kabi muhim ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati



