Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma Xotin-qizlar kengashining oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari tahlili va kelgusi yil faoliyati rejasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-02-01 15:35:00 / Yangiliklar

Unda boshqarma sohaviy xizmatlari, shahar va tuman IIBlarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xotin-qizlar ishtirok etdi. Yigʻilishni boshqarma MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Zarina Kenjayeva ochdi.
Notiq oʻz soʻzida oʻtgan yilning oʻtgan davrida viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, xizmatga oʻz vaqtida kelib ketishi, IIV buyruqlari asosida kiyim bosh kiyib yurish talablariga rioya etish borasida ichki ishlar organlarining xotin-qizlarga topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda erishilgan yutuqlar bilan birga faoliyatda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar faoliyati muhokama etilib, ogohlantirildi.
Tadbirda ichki ishlar organlarida chorak asrga yaqin xizmat qilgan boshqarma HS va TMM inspektori, podpolkovnik Hulkar Niymatova faxriylikka kuzatildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




