Surxondaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov Xalq deputatlari viloyat Kengashining beshinchi sessiyasida hisobot berdi
2025-02-01 11:35:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masalalarga koʻra, Prezidentimizning 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-son va 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-son qarorlari hamda “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yoʻnalishida, 2024 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda joriy yilda koʻriladigan taʼsirchan chora-tadbirlar, istiqboldagi vazifalar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Timur Ismailovning hisoboti eshitildi.
Shuningdek, sessiyada boshqarma boshligʻi deputatlarning mavzuga oid savollariga ham javob qaytardi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




