Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismga tashrif buyurdi
2025-01-29 10:00:00 / Yangiliklar
![Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismga tashrif buyurdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F560e7eb2-d704-7754-148b-b4176483964d_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Vazir oʻrinbosari dastlab, harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan saf koʻrigi oʻtkazdi. Soʻngra, harbiy va muddatli xizmatchilar bilan jangovar shaylik va xizmat intizomiga rioya etish, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Harbiy qismda amalga oshirilayotgan qurishish va bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.
Tashrif yakunida harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyat va qulayliklarni yanada takomillashtirish borasida harbiy qism masʼullariga taklif va tavsiyalar berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati