Vazir oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyatida oʻrganishlarni boshladi
2025-01-28 15:55:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boʻlib,shaxsiy tarkib bilan saf koʻrigi oʻtkazdi. Tizim xodimlari faoliyati, jangovar-ruhiy holatini oʻrganib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar borasida yoʻriqnoma oʻtdi.
Soʻngra, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, boshqarma navbatchilik qismida boʻlib, masʼul shaxslarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.
Xuddi shuningdek, Qarshi markaziy shohbekatida boʻlib, yoʻlovchilarni kutib olish va kuzatish jarayonlari, ularga xizmat koʻrsatish borasida ishchi-xizmatchilarga koʻrsatmalar berdi.
Shohbekatda yoʻlovchilar va poyezdlarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida masʼullarga tegishli koʻrsatma va yoʻriqnomalar berdi.
Vazir oʻrinbosarining oʻrganishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









