Yuksak mukofot sohiblari. «Oʻgʻlim bilan faxrlanaman»
2025-01-26 12:50:00 / Yangiliklar
Xizmat vazifasini masʼuliyat va sharaf bilan ado etib kelayotgan mayor B. Jumaboyev Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi.
Mayor Bahrom Jumaboyev ichki ishlar organlaridagi 16 yillik xizmat faoliyatidan 12 yilini profilaktika sohasiga bagʻishladi. Toshkent viloyatining turli hududlarida xalq xizmatiga kamarbasta boʻlib kelayotgan bu inson hozirda Nurafshon shahridagi «Navroʻz» mahalla 1 fuqarolar yigʻini profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, «Qumariq», «Toʻytepa», «Obod turmush» va «Muqimiy» nomli mahallalar hududidagi ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, aholi oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlik larning oldini olish borasida ham boy tajriba va salohiyatini safarbar etib kelayotir.
Oʻtgan yili birorta ham jinoyat sodir etilmagan mazkur hududda amalga oshirilayot gan keng koʻlamli ishlardan aholining ertangi kunga boʻl gan ishonchi yanada ortib, ular mahalla raisi Hayitmad Yuldoshev, hokim yordamchisi Husniddin Muhiddinov hamda profilaktika katta inspektori Bahrom Jumaboyevdan cheksiz minnatdor boʻlishmoqda.
Bugungi kunda 3 ming 600 nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan ushbu gavjum hududda 20 dan ortiq maishiy xizmat koʻrsatish shoxobcha lari faoliyat koʻrsatmoqda. Mahalla faollarining harakati bilan 5 nafar nogironligi boʻl gan shaxsga aravachalar olib berildi. Bundan tashqari, profilaktika katta inspektori tomonidan aholini, ayniqsa, hudud yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ularni sportga qiziqtirish maqsadida turli musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.
Lavhamiz qahramoni ustozi, isteʼfodagi podpolkovnik Dilmurod Sultonovdan kasb sir-asrorlarini oʻrgandi, ularni birga xizmat qilayotgan yosh xodimlarga yetkazdi, nasihat lari bilan oʻrtoqlashdi. Hozirgi kunda uning oʻzi ham koʻplab shogirdlarga — kapitan Farhod Hoshimov, katta leytenant Gʻayrat Ermatov hamda leytenant Nodir Jahongirovlarga ustozlik qilmoqda.
— Men ustozim, ma yor Bahrom Jumaboyev dan minnatdorman, ulardan koʻp narsalarni oʻrgana man, — deydi katta leytenant Gʻ. Ermatov. — Undagi shogirdlarga boʻlgan talabchanlik va gʻamxoʻrlikka doimo havas qilaman.
Oʻz kasbining bilimdoni, tajribali xodim B. Jumaboyev turmush oʻrtogʻi, oʻqituvchi Shohida Jumaboyeva bilan 4 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.
— Shunday oʻgʻlim borligidan faxrlanaman, — deydi uning otasi 70 yoshli Qurbonali Jumaboyev. — Boisi hozir mahalla-koʻyda hamma men ga havas bilan qarashyapti.
Onasi Ubayda aya ham farzandi erishgan yutuqlar dan mamnun boʻlib, koʻzla riga quvonch yoshi indi. Zero, bu dunyoda ota-ona uchun dilbandining iqbolidan ortiq baxt boʻlmasa kerak.
Mixli Safarov, oʻz muxbirimiz. “Postda”
Toshkent viloyati