Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari hamda faxriy xodimlar ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2025-01-25 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 23-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari hamda faxriy xodimlar ishtirokida oʻtgan 2024-yilning 12 oyi davomida sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Muhokama yigʻilishida Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar holati tanqidiy tahlil qilindi.
Tadbir davomida, yigʻilganlar eʼtiboriga oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan xodimlar toʻgʻrisida taʼsirchan videorolik namoyish etilib, barcha xodimlar har qanday vaziyatda ham oʻz xizmat burchiga vijdonan yondashishi shartligiga alohida urgʻu qaratildi.
Shuningdek, bir guruh faxriy xodimlar tomonidan hayotiy tajribalar yaqindan oʻrtoqlashilib, xodimlar yanada vijdonan ish tashkil etib, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlari zarurligi hayotiy misollar yordamida taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir soʻngida kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olinib, oʻzining namunali intizomi hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda boshqa hamkasblariga alohida oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshligʻining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






